Nuri Shaxin: “Borussiya” “Arsenal”dan qo'rqmaydi”

22 okt 2013, 10:40
Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Nuri Shaxin, Chempionlar ligasi 3-tur guruh bosqichi doirasida “Arsenal”ga qarshi o'yindan nimalar kutayotganligi haqida fikr bildirib o'tdi.

“Bu o'yinda “Borussiya” hech narsadan qo'rqmaydi. O'yin paytida senga qarshi qaysi klub o'ynayotganligini hech qanday ahamiyati bo'lmaydi. Agar biz o'z o'yinimizni ko'rsata olsak, maydonda hech narsadan xavotir olmasak ham bo'laveradi.

Meni jamoa va murabbiy qo'llab-quvvatlayapti, shu sababli maydonda to'liq ko'nikib ketsam, hammasi ko'ngildagidek bo'ladi”, - deydi Shaxin.

Eslatib o'tamiz, “Arsenal” – “Borussiya” bahsi bugun Toshkent vaqti bilan 23:45 dan boshlanadi.


Manba: sports.ru