Nurbek Sarsenbaev: "Bizga kuchli raqiblar kerak. Chunki jahon chempionatidagi raqiblar bundan-da kuchliroq bo'lishadi"

Mirjalol Normatov
11 okt 2025, 19:33
O'zbekiston hamda Turkiya U17 termalari ishtirokidagi o'rtoqlik o'yini 2:2 hisobida yakun topdi.

Bahsda hisobni 2:2 ko'rinishiga keltirgan Nurbek Sarsenbaev o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

- Bugungi o'yin yaxshi o'tdi. Boshida o'yinga moslasha olmadik. Ikkinchi bo'limda moslashib, yaxshi o'yin ko'rsatdik. Keyingi uchrashuvda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

- O'zbekiston termasi Yevropaning turli termalariga qarshi o'ynamoqda. Osiyo termalariga qarshi bahslardan ko'ra bu o'yinlar qanchalik samara bermoqda?

- Baribir Yevropa termalari kuchliroq bo'ladi. Bizga kuchli raqiblar kerak. Chunki jahon chempionatidagi raqiblar bundan-da kuchliroq bo'lishadi, - dedi Sarsenbaev.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia