"Nurafshon" PFKga yangi bosh direktor tayinlandi

Mirjalol Normatov
1 dek 2021
Xabaringiz bor, "Nurafshon" jamoasi Pro Liganing ushbu mavsumida to'rtinchi o'rin bilan kifoyalandi va Superliga yo'llanmasidan mahrum bo'lib qoldi.

"Joriy yilning 26-noyabr kuni futbol klubining navbatdan tashqari yig'ilishida "Nurafshon" futbol klubiga yangi bosh direktor etib O'tkir Olimovich tayinlandi. O'tkir Olimovichga yangi mavsumda jamoani qayta shakllantirib Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi yuklatildi. 

Shuningdek kelasi mavsum boshlanishiga qadar "Buxoro sport majmuasi" maydon chimini tayyor holga keltirish muhim vazifalardan biri ekanligi takidlab o'tildi. Umid qilamizki, yangi mavsumda ishqibozlar sevimli jamoalarini o'z uy stadionida qo'llab-quvvatlab, jamoa g'alabalaridan bahramand bo'lishadi!", - deb yoziladi klub bayonotida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Нурафшон" матбуот хизмати