Nunu Mendeshning PSJda qaysi raqam ostida o'ynashi ma'lum

Alisher
3 sen 2021
PSJga ijara asosida o'tgan himoyachi Nunu Mendesh o'ziga raqam tanladi.

Futbolchi 25-raqam ostida harakat qiladi.

19 yoshli portugaliyalik futbolchi xarid qilish huquqi bilan 2022 yilning 30 iyuniga qadar ijarada o'ynaydi. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, xarid qilish huquqi 40 mln evroni tashkil etadi.

Futbolchi 2020/21 yilgi mavsum "Sporting" safida barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: psg.fr