

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 47 yoshli portugaliyalik "ko'klar" bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Klub tez orada Nununing tayinlanganini e'lon qiladi.
Nunu Eshpiritu Santu 21 mayda "Vulverxempton" bosh murabbiyligidan ketgan edi. Portugaliyalik klubda 2017 yildan beri ishlayotgandi.
"Everton" 2020/21 yilgi mavsum so'nggida 10-o'rinni egalladi va evrokuboklarga yo'llanma ola bilmadi. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti esa ingliz klubidan ketdi va "Real" ustoziga aylandi.



