

Uchrashuvdagi yagona gol Darvin Nunes tomonidan kiritildi. Ushbu bahsda urugvaylik hujumchi Premer-liga tarixida rekord tezlikni o'rnatdi – u o'zining yugurishlaridan birida 38 km/soat tezlikni qayd etib, Kayl Uokerning oldingi natijasi – 37,802 km/soatni ortda qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, chempionatning navbatdagi turida “Liverpul” safarda “Nottingem Forest”ga qarshi bahs olib boradi.



