

“Men uning nimalar deganini eshitdim. Bu gaplar menga yoqmadi. Boisi u bularni mening o'zimga ham aytishi mumkin edi. Biz bir jamoamiz. Jamoa g'alaba qozonishi uchun qo'limizdan kelganini qilishimiz kerak. Bunday gap-so'zlar esa bizga yordam bermaydi. U birinchi marta noliyotgani yo'q. Men sardorman, faqat jamoam foydasi haqida o'ylayman”, - deydi Noyer.
Eslatib o'tamiz, avvalroq ter-Shtegen terma jamoada o'yin amaliyoti kamligidan va zaxira posboni bo'lish yoqmayotganidan noligandi.



