Noyer muxlislarga murojaat qildi

Aslanov Jasurbek
28 iyun 2018, 15:16
Germaniya terma jamoasi Manuel Noyer milliy jamoa JCH-2018ni tark etganidan so'ng o'z "Instagrami" orqali muxlislarga murojaat qildi.

"Hurmatli muxlislar! Biz ham siz kabi juda xafamiz. Jahon chempionati to'rt yilda bir marta o'tkaziladi va ushbu turnirdagi rejalarimiz katta edi. Sovrinni himoya qila olmaganimizdan afsusdamiz. Bizni Germaniyada va Rossiya maydonlarida juda yaxshi qo'llab-quvvatladingiz. 2014 yil Rio-De-Janeyroda g'alabani birga nishonlagan edik, ammo sportda mag'lubiyat va raqib ustunligini tan olish ham bor. Shvetsiya va Meksikani keyingi bosqich yo'llanmasi, Janubiy Koreyani esa ajoyib g'alaba bilan tabriklayman. Mehmondo'stlik uchun rahmat Rossiya!" - deb yozdi Noyer.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com