Noyer "Lacio"ga qarshi javob o'yinida qatnashmaydi

Mirjalol Normatov
16 mar 2021, 22:55
"Bavariya" posboni Aleksandr Nyubel YCHLning 1/8 finali doirasida "Lacio"ga qarshi kechadigan javob o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushadi.

"Sport1" xabariga ko'ra, murabbiylar shtabi Manuel Noyerga dam bergan va shu boisdan u bugungi mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgan. Noyerning hech qanday jarohati yo'q.

"Lacio"ga qarshi bahs Nyubel uchun myunxenliklar tarkibidagi uchinchi o'yin bo'ladi. Bunga qadar u Germaniya Kubogi doirasida "Dyuren" va YCHLda "Atletiko"ga qarshi o'yinlardagina maydonga tushgandi.

"Bavariya" - "Lacio" bahsi ertaga tunda bo'lib o'tadi. Dastlabki bahsda "Bavariya" yirik 4:1 hisobida g'alabaga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport1