Noyer "Bavariya"ning Germaniya kubogi finali uchun qaydnomasiga kiritildi
Tolibjon Qosimov
18 may 2018
Myunxenning "Bavariya" klubi Germaniya kubogi finalida "Ayntraxt"ga qarshi maydonga tushish uchun Berlinga uchib ketdi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, jamoa bilan birga uzoq vaqtdan buyon jarohatini davolayotgan darvozabon Manuel Noyer ham uchdi. Noyer finalda maydonga tushishi mumkin.