Noyer "Bavariya"ning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Alisher
8 sen 2020, 17:13
"Bavariya" posboni Manuel Noyer jamoaning avgustdagi eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi.

Bu haqda Myunxen klubining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari xabar bermoqda.

Noyer o'tgan oyda 4ta o'yin (barchasi Chempionlar Ligasida)da maydonga tushib, o'z darvozasidan 3ta to'p olib chiqdi.

Manuel ayniqsa Chempionlar Ligasi 2019/20 yilgi mavsum finali doirasidagi PSJga qarshi o'yinda ajoyib seyvlar ijro etgan holda, jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBayernEN