Noyer “Bavariya” 200-quruq o'yinini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
22 okt 2020, 08:45
“Bavariya” YCHL 1-turi doirasida “Atletiko M”ni 4:0 hisobida engdi.

Uchrashuvda Myunxen klubi darvozasini Manuel Noyer qo'riqladi. Nemis posboni “Bavariya” safida 200-quruq o'yinini o'tkazdi va bu borada klub tarixidagi eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan darvozabonlar orasida Zepp Mayerni (199) ortda qoldrib, 2-o'ringa ko'tarilib oldi. “Bavariya” rekordchisi Oliver Kan hisoblanadi. Uning hisobida 247 ta quruq o'yin bor. Noyer hozirga qadar myunxenliklar safida 394 ta o'yinda qatnashgan. Mayer esa 651, Oliver Kan bo'lsa “Bavariya” uchun 632 ta bahsda maydonga tushgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Бавария” расмий сайти