Nosir Abdusalomov: "Chempionlik? Bu haqda o'ylashga erta"

Mirjalol Normatov
9 avg 2025
Superliganing 17-turi doirasida "Bunyodkor" - "Sho'rtan" bahsi yakunlanganidan keyin mezbonlar futbolchisi Nosir Abdusalomov o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yin qiyin o'tdi. "Sho'rtan" o'yinga yaxshi tayyogarlik ko'rgani bilindi. Uch ochko qo'lga kiritmoqchi edik, o'xshamadi. 

- Bu o'yin koncert sababli "Bunyodkor"da emas, "Jar" stadionida o'tkazildi. Bu o'yinga qanchalik ta’sir qildi?

- Bahs "Jar"da bo'lishini bilardik. Endi bu maydonga moslashishimiz kerak. Chunki oldindagi 2-3ta o'yinimizni shu erda o'tkazamiz. 

- Jamoaning chempionlikka imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Bu haqda o'ylashga hali erta. Har bir uchrashuvda maksimal ochkolar to'plashga harakat qilyapmiz. Yil oxirida turnir jadvaliga qaraymiz. 

- "Bunyodkor" ushbu mavsumda turnir jadvalidagi favoritlarni mag'lub etyapti, biroq o'rtadagi jamoalarga qarshi o'yinlarda ochkolar yo'qotmoqda. Bu raqibni mensimaslik bilan bog'liq emasmi?

- Unday demagan bo'lardim. Biz o'yinlarga maksimal tayyorlanamiz. O'zimizdan kuchsizroq bo'lgan jamoalarga qarshi o'ynash qiyinroq bo'ladi. Lekin o'yinga yuz foiz e'tiborimizni qaratamiz. Natijalarda muammolar bo'lib turadi.

- Keyingi o'yin "Surxon"ga qarshi bo'ladi.

- "Surxon"ga uch ochko uchun boramiz. Turnir jadvalidagi o'rnimizni yaxshilashimiz kerak. 

- Bugungi o'yindagi eng yaxshi futbolchi sifatida o'zingizni etirof qilgan bo'larmidingiz?

- Yo'q. Temurxo'ja Abduxoliqov yaxshi o'yin o'tkazdi. Himoyachilarimiz ham yaxshi harakat qilishdi.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia