Norxonov ikkinchi davrada qayerda o'ynashi ma'lum?

Moliyaviy qiyinchiliklar girdobida qolgan "Obod" jamoasining iqtidorli hujumchisi Shohruz Norxonovning yangi jamoasi deyarli aniq.


Ma'lumotlarga ko'ra, "Bunyodkor" jamoasi o'z hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida "Obod"da o'ynab tanilgan Shohruz Norxonovni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Yaqindagina hujumchi bizga bergan intervyusida ikkinchi davrada jamoasini almashtirishga qarshi emasligini va takliflar uchun ochiqligini bildirgandi.

Katta ehtimol bilan Norxonov ikkinchi davrani "qaldirg'ochlar" tarkibida o'tkazadi.


Shoxruz Norxonov: "Jamoamni o'zgartirish vaqti keldi deb o'ylayman"


Manba: championat.asia