Norxonov “Bunyodkor” mashg'ulotiga qo'shildi

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2017, 00:00
Istedodli hujumchi Shohruz Norxonov “Bunyodkor” jamoasi mashg'ulotiga qo'shildi.

“Obod” jamoasi yetakchisi tez kunlarda katta ehtimol bilan “qaldirg'ochlar” bilan rasman shartnomaga imzo chekadi. Norxonovning “Obod” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning so'nggida yakuniga etadi.

Eslatib o'tamiz, 24 yoshli Shohruz o'tgan yili “Obod” safida muvaffaqiyatli to'p surib, yakunda 14ta gol bilan oliy liga to'purarlari orasida uchinchi bo'lgan edi. 



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia