Normativlarni topshirolmagan 16 futbolchi vaqtinchalik Superligadan chetlatildi, ularning nomi ma'lum emas

Narzulla Saydullayev
27 fev 2018, 21:03
Superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib borilishi haqida avval xabar berib o'tgandik.

Shuni ham alohida takidlash kerakki, bu kabi test-sinovlari o'zbek futbolida ilk marta amalga oshirilayotgan bo'lib, futbolchilarning jismoniy holati O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan shaxsan nazorat qilib borilmoqda.

Belgilangan reja asosida yangi mavsum oldidan Superliga klublari futbolchilari ikkinchi marta normativlarni topshirishdi. Takidlash joizki, 292 futbolchidan 16 nafari testlardan o'ta olmadi.

Klublarda natijalari qoniqarsiz chiqqan futbolchilarga qaytadan  test-sinovlari topshirmagunlaricha licenziyalar berilmaydi va ular vaqtinchalik Superliga bahslarida ishtirok eta olishmaydi.

Qaytadan o'tkaziladigan test-sinovlari sanasi PFL tomonidan alohida e'lon qilinadi.                        

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com