Noqulay ob-havo tufayli "Nasaf"ning o'yini qoldirildi

10 yanv 2017, 23:38
Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga taraddud ko'rayotgan Qarshining "Nasaf" jamoasi bugun o'quv-mashg'ulotlar yig'ini doirasidagi o'zining dastlabki nazorat uchrashuvini o'tkazishi ko'zda tutilgandi.


Antaliya shahridagi noqulay ob-havo tufayli Kiprning "Limassol" jamoasi bilan o'tkazilishi kerak bo'lgan nazorat bellashuvi qoldirildi.


Uchrashuv ertaga bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, "Nasaf" jamoasi ertaga Ozarboyjonning "Neftchi" klubi bilan ham o'ynashi rejalashtirilgan.
Shunday qilib qarshiliklar ertaga ikkita nazorat bahsida maydonga tushishadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia