No'mon Hasanov: “Tasodifiy gol rejamizni buzib yubordi”

Nadirkhuja Yuldashev
26 avg 2016, 20:14
“Qo'qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumaning ikkinchi qismida jamoamiz ustozi No'mon Hasanov qatnashdi.


-  Avvalo, xalqimizni kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan jamoamiz nomidan tabriklayman. Bugun ko'rdilaring jamoamiz yomon o'yin ko'rsatmadi, menimcha. “Nasaf” mamlakatimizning kuchli klublaridan biri sanaladi. Birinchi taym yakunida tasodifiy gol o'tkazib yuborganimiz bizga pand berdi. Umuman olganda, bugungi o'yinimiz muxlislarimizga manzur bo'ldi, degan umiddaman. 

Kezi kelganda, “Nasaf” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.

Stadionga kelib bizni tinmay qo'llab turgan ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman.


"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia