No'mon Hasanov: "O'zim va qo'qonliklar nomidan butun AGMK vakillarini tabriklayman"

Narzulla Saydullayev
9 noya 2018, 21:36
AGMK – “Qo'qon-1912” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi No'mon Hasanov quyidagicha fikr bildirdi:

- Dastavval Olmaliq shahri ahlini O'zbekiston Kubogidagi g'alaba bilan tabriklayman. AGMK ajoyib natija qayd eta oldi. O'zim va qo'qonliklar nomidan butun AGMK vakillarini tabriklayman.

Bugun birinchi bo'limda o'yinimiz uncha qovushmadi. Tezkor gol o'tkazib yubordik. Shunday bo'lsa-da, yakunda juda muhim g'alabaga erishdik. Ikkinchi bo'limni yuqori saviyada o'tkazdik. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytira olishdi. Endi oldinda bizni yana ikkita murakkab bahs kutib turibdi. O'sha bellashuvlarda yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz, - dedi murabbiy.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz