Noma'lum shaxslar Messi va Suares mashinasida bomba borligini ma'lum qilishdi

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2019, 17:42
Noma'lum shaxslar telefon orqali "Barselona" hujumchilari Lionel Messi va Luis Suareslarning avtomobillarida bomba borligini ma'lum qilishdi.

Futbolchilarning mashinalari "Barselona - El-Prat" xususiy aeroportining terminalidagi avtoturargohda turibdi. Messi va Suares aynan shu yerdan Ibicaga uchib ketishgandi. Aeroport xavfsizlik xizmati hech qanday bomba aniqlagani yo'q.

Suares ertaga "Barselona" mashg'ulotlariga qaytadi, Messi esa 4 avgust kuni.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo