Nolito "Liverpul"ga qarshi bahsda "Sevilya"ga yordam bera olmaydi

Aslanov Jasurbek
11 sen 2017, 17:43
"Sevilya" hujumchisi Nolito "Liverpul"ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichining ilk uchrashuvida o'z jamoasiga yordam bera olmaydi.

Nolito "Eybar"ga qarshi LaLiganing 3-tur bahsida jarohat olgan edi. Hujumchi gol urishga muvaffaq bo'ldi, o'yindan keyin esa futbolchida shikastlanish borligi aniqlandi. Nolito yaqin vaqt ichida "Jirona"ga qarshi bo'ladigan Ispaniya chempionatining 4-tur uchrashuvini ham o'tkazib yuboradi.

"Liverpul" - "Sevilya" bahsi 13 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com