Noil Lutfullin “Neftchi”ning ketma-ket ikki o'yinida komissarlik qildi

Narzulla Saydullayev
25 avg 2014, 10:10
Hakamlar departamenti bo'limi boshlig'i Noil Lutfullinning “Navbahor” ishtirokidagi ketma-ket ikki o'yinda komissarlik qilgani to'g'risida maqola chiqqandi.
Shu yerda ozgina anglashilmovchilik bo'lgan. Buning uchun o'quvchilarimizdan uzr so'raymiz. Gap shundaki, Lutfullin “Navbahor” emas balki “Neftchi”ning ketma-ket ikki o'yinida komissarlik qilgan. Yani 16-turda Qo'qonda o'tgan “Neftchi” – “Navbahor” (1:0) hamda 17-turda “Qizilqum” – “Neftchi” (2:0) bahsida komissar vazifasini bajargan. Lekin fakt shuki uchrashuvlarga hakamlarni tayinlaydigan shaxs ketma-ket ikki o'yinda farg'onaliklarning bahslariga rasmiy sifatida tashrif buyurgan.

17-turda shuningdek quyidagi komissarlar faoliyat yuritdi.
PFL direktori Farhod Magometov Andijonga borib, “Andijon” – “Olmaliq” o'yinini kuzatib qaytdi.
   
Qizilqum  – Neftchi – 2:0.
 Komissar
: N. Lutfulin.

Andijon – Olmaliq -1:1.
Komissar:
F. Magometov.

Metallurg – Buxoro– 4:3.
Komissar
: R.Chernikov.

Nasaf – Navbaxor – 1:0.
Komissar
: A.Frolov.

Paxtakor – Mashal – 3:0.
Komissar:
V.Shtern.

Bunyodkor – Dinamo – 0:1.
Komissar:
A.Mo'minov.

So'g'diyona – Lokomotiv – 0:2.
Komissar:
V.Lyotkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia