Mavzur Umarxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi nogiron-amputantlar o'rtasida amaldagi jahon chempioni sanaladi va terma jamoa Meksikadagi Jahon chempionatida o'z unvonini himoya qiladi.
O'zbekiston terma jamoasi qur'aga ko'ra jahon chempionati A guruhida Braziliya, Irlandiya va Ukraina terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Terma jamoa Jahon chempionatidagi ilk o'yinini 30 noyabr kuni Ukraina terma jamoasiga qarshi o'tkazsa, 1 dekabr Irlandiya, 2 dekabr kuni esa Braziliyaga qarshi bahs olib boradi.
Ma'lumot o'rnida, 30 noyabr - 8 dekabr kunlari Meksikaning Kuliakan shahri mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida jami 22ta terma jamoa ishtirok etadi.