Nogiron-amputantlar o'rtasidagi JCH-2022. Turkiya o'tgan mundialdagi final uchun Angoladan revansh oldi

Eldor Akmurzayev
10 okt 2022, 08:35
Turkiyadagi 17-jahon chempionati o'z nihoyasiga etdi.

Final “Galatasaroy” stadionida bo'lib o'tdi va unda mezbonlar 4:1 hisobida Angolani taslim etib, ilk bor dunyoning eng yaxshi jamoasiga aylanishdi.

Ma'lumot o'rnida, Turkiya bungacha 4 marta bronza (ketma-ket 2007, 2010, 2012, 2014) medalini qo'lga kiritgan va o'tgan jahon chempionatida finalda Angolaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergandi. Evro-2021 finalida esa Ispaniyani 6:0 hisobida engib, qita birinchiligida bosh sovringa ega chiqqan.

O'zbekiston terma jamoasi esa Gaitini 4:2 hisobida engib, uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Vakillarimiz bungacha 1990 (AQSH), 1991 ( O'zbekiston), 2007 (Turkiya). 2010 (Argentina) hamda 2012 (Rossiya) yilgi jahon chempionatlarida oltin medallariga ega chiqishgan bo'lsa, 1988 (kumush) va 2002 yilgi (bronza) mundialning sovrinli o'rinlarni band etishgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia