Nodirbek Mukarov "Sho'rtan"ga o'tdi

Alisher
2 fev 2024
O'tgan mavsumda "Nasaf" va Yaypanning "Turon" jamoalari tarkibida Superliga musobaqasida ishtirok etgan 21 yoshli yarim himoyachi Nodirbek Mukarov "Sho'rtan" safiga kelib qo'shildi.

"Futbolchi 2024 yilda ijara asosida jamoamiz bilan birga bo'ladi.

Ishonamizki, Nodir o'z mahorati bilan jamoamiz oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishishda yordam beradi.

Oilamizga xush kelibsan, Nodir!", - deyiladi klub xabarida.


AlisherMuallif
Manba: "Шўртан" матбуот хизмати