Nketia "Arsenal" bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
18 iyun 2022, 11:53
"Arsenal" forvardi Eddi Nketia London klubi bilan yangi shartnoma imzoladi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, kelishuv 2027 yilga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq, 23 yoshli angliyalikka "Kristal Pelas" va "Vest Xem" jamoalari qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.

Nketia o'tgan mavsum 28ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishdi. U "Arsenal"ning uchinchi to'purari hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano