Nistelroy Gakpo haqida: “Yo'q”, deb javob berolmaydigan lahzalar keldi”

Eldor Akmurzayev
18 dek 2022, 09:50
PSV ustozi Rud van Nistelroy Kodi Gakpo qishdayoq jamoa tark etishi mumkinligiga ishora qildi.

Mundialdagi yorqin o'yinidan keyin 23 yoshli forvardga bo'lgan talab transfer bozorida ortdi va uni o'z safiga qo'shib olishga eng asosiy da'vogar “Manchester Yunayted” hisoblanmoqda.

“Albatta, u yozda ketgani men uchun ham maqul, ammo hozir ham bu ro'y berishi mumkin. Shunday lahzalar keldiki, endi “yo'q”, deya olmaysiz”, degan PSV ustozi.

Insayder Fabricio Romano Gakpo yanvarda MYUga o'tish ehtimoli yuqoriligi haqida xabar qildi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Voetbal International