Nima uchun ramziy terma jamoa chiqmayapti?

Narzulla Saydullayev
26 okt 2015, 10:44
23-turga qadar oliy liganing ramziy terma jamoalarini berib bordik. Bu ananani 2014 yil boshlagan edik.

2014/15 yillar davomida kelishilgan o'yinlar sifatida shubhaga borgan uchrashuvlarimizdan futbolchilarni ramziy terma jamoaga kiritmadik. Bazan ikki va uchtadan to'p urgan futbolchisini ramziy terma jamoada ko'rmagan muxlislar arz ham qildilar.

Hatto shunday voqea bo'ldiki, odatda ramziy terma jamoadan so'ng bir futbolchi qo'ng'iroq qilib, o'z ismini oshkor qilmagan holda uning jamoadoshidan futbolchilar shubha qilayotganliklari, biz esa uni  ramziy terma jamoaga qo'yganimizni aytgan edi.

Ramziy terma jamoani tuzish orqali kelishilgan o'yinlarni tashkil etayotgan aksar murabbiy va unda ishtirok etib, "qahramon" bo'layotgan futbolchilarni qo'llab - quvvatlab qo'yayotgandek his eta boshladik. Ramziy terma jamoani esa bir turda ikkita yoki uchta o'yin bilan tuzish mantiqqa to'g'ri kelmaydi.

Aynan mana shunday sabablarga ko'ra so'nggi etti turni ramziy terma jamoasiz o'tkazishga qaror qildik. Agar kelasi mavsumda barchasi "toza" bo'lsa, yana loyihamizni yo'lga qo'yamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia