Nima uchun OFK yig'ilishi Parijda bo'lib o'tmoqda?

4 iyun 2019, 14:37
Sababi, 5 iyun kuni Parijda FIFAning 59-kongressi bo'lib o'tadi. Unda bir qator masalalar, shu jumladan Qatarda bo'lib o'tadigan JCH-2022 masalalari ko'rib chiqiladi.

Fursatdan foydalangan qita konfederatsiyalari o'zlariga tegishli federatsiya va assotsiatsiya vakillari bilan yig'ilish o'tkazmoqda. Shu jumladan OFK ham. 

OFK mazkur yig'ilish davomida hududiy federatsiyalarni o'zining to'laqonli a'zosiga aylantirdi. Undan tashqari 2019-2020 yilgi mavsum uchun o'z byudjetini  tasdiqladi. Yig'ilish so'nggida esa Osiyo Kubogi mezbonligi rasman e'lon qilindi. Unga ko'ra, Osiyo Kubogi musobaqasi 2023 yili Xitoyda bo'lib o'tadi.

Osiyo Kubogi-2023ni qabul qiladigan mamlakat nomi ma'lum bo'ldi 

CAFA OFK etirofida! 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia