Nikolay Levnikov: "Menimcha, Ermatovni finalga tayinlashmoqchi"

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2014
O'zbekistonlik Ravshan Ermatov Braziliyadagi mundial finalida ishlashi mumkin.
Bu haqda futbol hakamlari Kollegiyasi boshlig'i Nikolay Levnikov o'z qarashini aytib o'tdi.

Italiyalik Nikolo Riccoli va albatta o'zbekistonlik Ravshan Ermatovning ishiga yuqori baho berish mumkin. O'ylashimcha, agar finalda bitta Yevropa va Janubiy Amerika jamoasi o'ynasa aynan Ermatov o'yinni boshqaradi. Bundan tashqari Nestor Pitana ham ajoyib ishladi, - deydi Levnikov Metro nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sovsport.ru