Nikola Valentich: “Penalti bizni ruhan tushkunlikka tushurib qo'ydi”

Narzulla Saydullayev
3 avg 2016, 13:45
Chempionatning ikkinchi davrasi 16 – turida “Qo'qon – 1912” klubi kecha Toshkentda “Obod” jamoasi mehmoni bo'lib (1:2) xisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvdan so'ng “Qo'qon – 1912” klubi legioner futbolchisi Nikola  Valentich o'yin haqida fikr bildirdi.

-  O'zbekiston chempionatida “Qo'qon–1912” tarkibida ilk rasmiy uchrashuvimni o'tkazdim. “Obod”ga qarshi uchrashuv juda ham qiyin bo'ldi. Afsuski ilk uchrashuvimda mag'lubiyatga uchradik. Hakam tomonidan belgilangan penalti bizni ruhan tushkunlikka tushurib qo'ydi. Keyingi uchrashuvda g'alaba qozonishga harakat qilamiz”, - deydi “Qo'qon–1912” klubi futbolchisi Nikola Valentich.

Jahongir Sotvoldiev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia