

"O'yin har ikki jamoa uchun ham qiyin va qiziqarli bo'ldi. Chunki bahs 6 ochko uchun kechdi deyish mumkin.
"Turon" ustidan g'alaba qozonishimiz lozim edi. Boisi, raqibimiz bizdan 5 ochko oldinda bo'lib, muvaffaqiyat qozonsak, ochkolar orasidagi farqni kamaytirgan bo'lardik. Mezbon jamoa bizdan ustunlik qilishga urindi.
Superligaga chiqish imkoniyati hammada bor. Faqat oldinda turgan bellashuvlarga yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz, ijobiy natijalar qayd etishimiz lozim. Oldinda turgan 7 ta o'yin finalga teng va biz ularni ijobiy tugata olsak, Superligaga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olamiz", – deya o'z fikrlarini yakunladi Stoshich.



