Nikola Riccoli: "Chempionlar ligasi finalidan so'ng meni eslashmasa yaxshi"

Narzulla Saydullayev
24 may 2013, 18:28
Chempionlar ligasi finalini boshqarib boradigan hakam Nikola Riccoli final o'yinidan so'ng uni eslamasliklariga umid qilmoqda.
Men o'zim bilan faxrlanaman. Finalga qadar  uzoq yo'l bosib o'tdik. Bu Yevropadagi eng muhim o'yin. Mening maqsadim hatto o'smirlarni o'yinini boshqarsam ham xuddi Chempionlar ligasi finalini boshqarayotgandek ishlayman. Shanba kuni esa aynan shunday bo'ladi. Ushbu o'yinga ham jismonan, ham ruhan tayyor bo'lishim lozim. O'yindan so'ng meni eslamasliklariga umid qilaman. Futbol yulduzlari – futbolchilar, shunday bo'lishi ham kerak. Finaldan so'ng men haqida ko'pchilik gaplar yurmasa zo'r bo'lardi, - deydi Nikola Riccoli UEFA rasmiy saytiga.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" va "Borussiya" Dortmund o'rtasidagi final uchrashuvi 25 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif