Nihoyat! Arsenal va Vest Xem kelishuvga erishdi

Alisher
5 iyul 2023, 08:42
Arsenal nihoyat Deklan Rays transferi bo'yicha Vest Xem bilan kelishuvga erishdi.

Kelishuv Angliya chempionati uchun rekord summani tashkil qiladi. Ma'lumotlarga qaraganda, To'pchilar futbolchi uchun Vest Xem hisob raqamiga 122 million evro o'tkazib beradi. Arsenal futbolchi bilan 5+1 yillik shartnoma imzolaydi .

Raysning "Vest Xem" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. 24 yoshli xavbek joriy mavsum "bolg'achilar" safida barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com