Niderlandiyada kuzgacha futbol o'yinlari o'tkazilmaydi. "Ayaks" evrokuboklardan chetda qolishi mumkin

22 apr 2020, 00:09
Niderlandiya bosh vaziri Mark Rutte ishtirokidagi matbuot anjumanida e'lon qilinishicha, 1 sentyabrga qadar mamlakat hududidagi barcha ommaviy tadbirlar bekor qilinadi.

Bu futbol o'yinlarini (tomoshabinlarsiz uchrashuvlarni) ham o'z ichiga oladi. Shu tariqa futbol bo'yicha mamlakat chempionati bahslari tiklanmasligi aniq bo'ldi.

Mazkur qarorga qirollik futbol federatsiyasi munosabat bildirgani yo'q. Avvalroq mamlakat chempionati iyun oyi o'rtalarida tiklanishi va uchrashuvlar tomoshabinlarsiz o'tkazilishi haqida xabar qilingandi. 

UEFA esa chempionati yakuniga etkazilmagan mamlakat vakillarining evrokuboklarda ishtirok etolmasligi mumkinligini e'lon qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Voetbal International