Ngolo Kante PSJga o'tib kyetishi mumkin

Ngolo parijliklar qiziqish doirasida bo'lib turibdi.

Kante faoliyatini Fransiya Liga 1 da davom ettirishi mumkin. Tayanch yarim himoyachisi bilan hozirda PSJ jiddiy qiziqmoqda. Qayd etilishicha, allaqachon parijliklarning sport direktori Antero Enrike futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqib ulgurgan.

“Chelsi” esa Kanteni 100 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas. Ngoloning o'zi esa Londonda qolishdan umidvor.


Manba: RMC