N'Golo Kante jarohati tufayli terma jamoa joylashgan lagerni tark etdi

Aslanov Jasurbek
1 sen 2021, 21:27
Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi N'Golo Kante jarohati tufayli terma jamoa joylashgan lagerni tark etdi.

Xabar qilinishicha, futbolchi chap to'pig'idan jarohat olgan.

Matbuot xizmatining takidlashicha, bosh murabbiy Dide Desham uning o'rniga "Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Raboni chaqirgan. Futbolchi allaqachon Fransiya terma jamoasi joylashgan hududga yetib kelgan.

Eslatib o'tamiz, francuzlar 2022 yil Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga saralash doirasida Bosniya va Gertsegovina terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ushbu hafta davomida Fransiya Ukraina va Finlyandiya terma jamoalari bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/FrenchTeam