Neymarning PSJga o'tishiga yordamlashgan agent endi Levandovski bilan ishlaydi

22 fev 2018, 23:07
Neymarning “Barselona”dan “PSJ”ga rekord summada transfer qilinishida ishtirok etgan isroillik Pini Zaxavi “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskining yangi agentiga aylandi.

-Levandovskiga yordam berish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. U dunyoning eng kuchli hujumchisi. U bilan hamkorlik qilayotganimdan mamnunman. Robert “Real”da o'ynaydimi? Endi meni ishlaydigan paytim keldi”, deya agentning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Przeglad Sportowy nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: football.kulichki.net