Neymarning otasi: "O'g'limning kelajagi PSJ bilan bog'liq"

Tolibjon Qosimov
14 mar 2018, 19:36
PSJning braziliyalik forvardi Neymarning otasi uning o'g'li francuz klubini tark etmoqchi emasligini ta'kidlab o'tdi.

26 yoshli o'yinchi 2017 yilning yozida "Barselona"dan Parijga kelgan edi.

"O'g'limning buguni va kelajagi PSJ bilan bog'liq", - dedi katta Neymar.

Oldinroq, futbolchi parijliklar safiga o'tganidan afsusda ekanligi haqida bir necha bor ma'lumotlar tarqalgan edi. Mish-Mishlarga ko'ra, uning xizmatlariga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: AFP