Neymar yana o'ynamaydi

Mirjalol Normatov
25 avg 2019
Forvard Neymar Fransiya chempionatining 3-turi doirasida "Tuluza"ga qarshi bahsda PSJga yordam bera olmaydi.

Braziliyalik futbolchi yana bir bor jamoaning qaydnomasiga kiritilmadi. Rasmiy sayt buni uning jarohati bilan izohladi. Ammo matbuotning xabariga ko'ra, yaqin vaqtlarda u "Barselona"ga o'tadi. U hozirda muzokaralarda qatnashayotgani bois bahsda qatnasha olmaydi.

Neymar 2017 yilda aynan "Barselona"dan PSJga 222 million evro evaziga o'tgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express