Neymar: "Verratti meni Mbappedan ko'ra ko'proq hayratda qoldirdi. U daho"

Aslanov Jasurbek
27 okt 2021, 21:46
PSJ hujumchisi Neymar jamoa yarim himoyachisi Marko Verrattining o'yinidan qoyil qolganini ta'kidladi.

"PSJda meni hayratga solgan ikki futbolchi bor: Mbappe va Verratti", - deydi Neymar. - Kilian tezkor va yosh, haqiqiy top futbolchi. Lekin meni eng hayratga solgan kishi Verratti bo'ldi. Men uning kuchli ekanligini bilardim, lekin bu qadar zo'r deb o'ylamagandim. Marko - daho, faoliyatim davomida Xavi va Inestadan so'ng men bilan birga o'ynagan eng yaxshi yarim himoyachilardan biri".

Verratti francuz klubida 2012 yildan buyon to'p suradi, Neymar va Mbappe esa 2017 yilda jamoaga kelib qo'shilgan.

Fransiya chempionati turnir jadvalida PSJ peshqadamlik qilmoqda. Parijliklar 11 o'yinda 28 ochko jamg'argan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttomercatoweb