Neymar: "Ular bilan birga bir jamoada bo'lish maroqli"

Mirjalol Normatov
10 apr 2022
PSJ futbolchisi Neymar jamoadoshlari Leo Messi va Kilian Mbappe haqida gapirdi.

"Mavsumda ilk marta xet-trik qayd etdim, bundan xursandman. Ammo asosiysi g'alaba bo'layotgani, futbolchilar o'z ishiga sidqidillik bilan yondashayotgani meni yanada quvontiradi.

Afsuski, barchamiz endi yaxshi holatga kelib borayotganimizda mavsum yakunlanmoqda. Biroq bugungi ko'rsatgan o'yinimizdan faxrlanishimizni bemalol ayta olaman.

Aqlli futbolchilar bilan birga o'ynash osonroq. Leo va Kilian - ajoyib futbolchilar. Ular bilan bir jamoada bo'lish maroqli", - dedi Neymar.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal