Neymar tepki kasalligiga uchragani sabab UEFA Superkubogi uchun bahsni o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
9 avg 2015, 18:45
"Barselona" hujumchisi Neymar "Sevilya"ga qarshi UEFA Superkubogi uchun bahsda o'z jamoasiga yordam bera olmaydi.

Kataloniya klubi rasmiy saytining ma'lumotlariga ko'ra, hujumchiga parotit (tepki) diagnozi qo'yilgan. Shunday qilib, Neymar kasallik tufayli ikki hafta maydonga tusha olmaydi.

UEFA Superkubogi uchun uchrashuv 11 avgust kuni Tbilisida bo'lib o'tadi. Neymar "Atletik"ka qarshi Ispaniya Superkubogi uchrashuvlarini ham o'tkazib yuboradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com