Neymar "Puma"ning "yuzi"ga aylanadi

Mirjalol Normatov
12 sen 2020, 13:15
PSJ forvardi Neymar yaqin vaqtlar ichida Germaniyaning "Puma" brendi bilan shartnoma imzolaydi.

"Esporte Interativo" xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchi shunchaki shartnoma imzolamasdan, kompaniyaning "yuzi"ga aylanadi. Futbolchi bu haqida instagramida ham ma'lum qilgan.

Bunga qadar Neymar "Nike" bilan hamkorlik qilardi, biroq tomonlar yaqindagina shartnomani bekor qilishdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Esporte Interativo