Neymar: “PSJ”Ning millionlab muxlislari xursand qilish niyatidaman”

Aslanov Jasurbek
4 avg 2017, 02:12
“Barselona”dan “PSJ”ga ko'chib o'tgan hujumchi Neymar yangi jamoasidagi maqsadlari haqida gapirib o'tdi.

“PSJ” tarkibiga kelib qo'shilganimdan baxtiyorman. Men Yevropaga kelgan vaqtimdan buyon ushbu klub raqobatbardoshligi va o'z amibiciyalariga ega ekanligini bilardim. Bu meni yangi jamoaga o'tishimga o'ziga xos chaqiriq bo'ldi.  Maqadim “PSJ” muxlislari uchun kerakli bo'lgan sovrinlarni yutish uchun jamoaga ko'maklashish.

Men Yevropada to'rt mavsum o'tkazdim va o'zimni yangi sinovlarda sinab ko'rishni istadim. Bugundan boshlab yangi jamoadoshlarimga qo'limdan kelgancha ko'maklashishga, klubimiz zarvaraqlarida yangi sahifalarni ochish va “PSJ”ning butun dunyodagi millionlab muxlislarini baxtli qilishga intilaman”, dedi hujumchi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: «ПСЖ» клуби расмий сайти