Neymar PSJdan 4 futbolchi sotib olishni talab qilmoqda

Aslanov Jasurbek
25 iyul 2017, 14:53
"Barselona" hujumchisi Neymar PSJga o'tish uchun Fransiya klubiga bazi talablarini e'lon qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, u PSJdan to'rt futbolchini sotib olishni va parijliklar o'yinchilaridan biriga almashtirib bo'lmas o'yinchi "unvoni"ni berilishini talab qildi. Gap yarim himoyachi Lukas Moura haqida ketmoqda. Yangi futbolchilarga to'xtaladigan bo'lsak, bu to'rtlikdan biri xarid qilingan: Dani Alves. Bundan tashqari, Neymar Fransiya klubi tarkibida Koutinoni ham ko'rmoqchi. Qolgan o'yinchilar nomi ma'lum emas.

Oldinroq, Kataloniya klubi futbolchi va murabbiylari Neymarni jamoada olib qolish uchun urinishayotgani e'lon qilingan edi.

Neymar PSJdan kafolat so'radi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Parisien