Neymar: "PSJdagi davr men uchun eng zo'ri edi"

Omonjon To`xtamirzayev
17 dek 2024
"Al Hilol" klubi a'zosi Neymar PSJda to'p tepgan davrini yodga oldi.

"PSJ safida o'tkazgan yillarim, shubhasiz, men uchun eng yaxshi davr edi. Biroq bazan menga juda og'ir edi, sababi jiddiy jarohatlar olardim va tiklanish jarayoni uch, to'rt yoki olti oygacha cho'zilib ketardi. Bu meni qattiq tashvishga solardi, ammo sport,, futbol jihatidan olsa, o'sha eng yaxshi Neymar edi. Shunday ekan, Francuz futboliga shunday versiyamni taklif qila olganimdan xursandman, boshqa tomondan nimadir yetishmaydigandek... Chunki menda to'liq mavsum bo'lmagan, faqatgina 2020 yilda, biz Chempionlar Ligasi finaliga chiqqanimizda men ko'proq o'yin o'tkaza olgandim.

Ana o'sha chindan ajoyib yil bo'lgan. U lahzalarni hech qachon unutmayman, ular yuragimda mangu qoladi.

Biz klubni ilk bor Chempionlar Ligasi finaliga olib chiqqanimizni unutmasligimiz zarur. Afsus, musobaqada g'olib bo'la olmadik. Biroq bu sportning, futbolning bir qismi. Unda doim ham yutavermaysiz. PSJda maqsad bor edi - finalga chiqish va biz buni uddaladik. Klub hali ham shu maqsadda harakat qilyapti. Ha, men "Barselona" bilan zafar quchganman, lekin PSJ safida ham buni uddalashni istagandim. Chempionlar Ligasi - xuddi JCHni yutishdek gap".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: rmcsport.bfmtv.com