Neymar PSJ darvozasiga kamida 2 ta gol urishga vada berdi

Aslanov Jasurbek
7 mar 2017, 11:10
"Barselona" futbolchilari PSJga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida kerakli hisobda g'alaba qozonishlariga ishonadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, braziliyalik futbolchi jamoadoshlariga raqib darvozasini kamida ikki marotaba ishg'ol qilishga vada berdi. Neymar bu ish qanday qilinishini yaxshi biladi va xatto avvalgi uchrashuvlarda PSJ darvozasiga 5 ta gol urgan.

"Barselona" PSJga qarshi ilk bahsda 0:4 hisobida mag'lub bo'lgan. Javob uchrashuvi 8 mart kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ràdio Barcelona