Neymar PSJ dan Koutinoni xarid qilishni so'radi

Alisher
1 iyun 2019
PSJ rahbariyati mavsumlar oralig'ida "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Bu transferning amalga oshishini parijliklar forvardi va yetakchisi Neymar xohlamoqda. Ular terma jamoada ham birga o'ynashadi.

Qayd etish kerakki, kataloniyaliklar ham futbolchini sotishga qarshi emaslar, ular 1,5 yildan beri "Kamp Nou"da o'zini ko'rsata olmayotgan braziliyalikni sotish niyatidalar. "Ko'k-anorranglilar" futbolchini 100 million evro atrofida sotishni rejalashtirmoqda.

Oldinroq futbolchini "Chelsi" va MYU jamoalari ham kuzatayotganligi aytilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: AS