

Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalikning yaqin do'stlaridan biri bo'lgan Parij klubi hujumchisi Neymar uni bir jamoada o'ynashga taklif qildi. Braziliyalik PSJ prezidenti Nosir Al-Helayfi ushbu transferga yordam berishiga umid qilmoqda.
Ma'lum bo'lishicha, 2016 yilda Neymar Pogbani "Barselona"ga o'tishga ko'ndirmoqchi bo'lgan ekan.
So'nggi haftalarda fransiyalik yarim himoyachi hamda "Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourinyu o'rtasidagi kelishmovchilik ko'p muhokama qilinmoqda.



